Paxtakor tuman mahallalar uyushmasi hamkorligida zakovat intellektual o’yinining tuman bosqichi tashkil etildi.
Joriy yilning 23-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi va Paxtakor tuman mahallalar uyushmasi hamkorligida zakovat intellektual o’yinining tuman bosqichi tashkil etildi. Zakovatning asosiy maqsadi yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda mahallalar o‘rtasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Musobaqada mahallalardan tuzilgan jamoalar turli fanlar, tarix, adabiyot, madaniyat va mantiqiy savollar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bahslar qiziqarli va murosasiz ruhda kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar g’olib deb topildi. 🥇 1-o‘rin – "_Chamanzor” mahallasi jamoasi 🥈 2-o‘rin – "Olmazor” mahallasi jamoasi 🥉 3-o‘rin – "G’alaba” mahallasi jamoasi G‘olib jamoalar diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi va viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.