”Kitob bilan nurli kelajak sari” nomli kitoblar targ’iboti tashkil etildi.
Joriy yilning 22-iyul kuni Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazi hamda Paxtakor tumani MMTB tasarrufidagi 2- maktab hamkorlikda ”Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida ”Kitob bilan nurli kelajak sari” nomli kitoblar targ’iboti tashkil etildi. Kitob –insoniyatning eng bebaho ma’naviy boyligi, bilim va tafakkur manbaidir. Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlash qobilyatini rivojlantiradi hamda ma’naviy kamolat sari yetaklaydi. Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa yoshlar o’rtasida mutolaa an’analarini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Targ’ibot ishlarining asosiy maqsadi yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va kitobning inson hayotidagi o’rni hamda ahamiyatini targ’ib qilishdan iborat. Targ’ibotda kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Targ’ibotda 16 nafar ishtirokchi ishtirok etishdi.