Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkilot hududini obodonlashtirish va tozalash ishlari doirasida shanbalik o‘tkazildi.
Paxtakor tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkilot hududini obodonlashtirish va tozalash ishlari doirasida shanbalik o‘tkazildi. Obodonlashtirish ishlarida markaz xodimlari binoning ichki va tashqi hududlarini tartibga keltirib, atrof-muhitni tozalash, ishlarini amalga oshirdilar. Shanbalik jarayonida chiqindilar yig‘ishtirilib, yo‘laklar supurildi, daraxtlar va ko‘kalamzor hududlar parvarish qilindi. Ushbu tashabbus tashkilot hududining yanada ozoda va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qildi.