9-iyul kuni markaz rahbari R.P. Anorova, kutubxona xodimlari hamda yoshlar ishtirokida sayohat tadbiri tashkil etildi.
Paxtakor tumani axborot-kutubxona markazida iyun–avgust oylari davomida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar reja-grafigi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-iyul kuni markaz rahbari R.P. Anorova, kutubxona xodimlari hamda yoshlar ishtirokida sayohat tadbiri tashkil etildi. Mazkur sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni o‘z hududining tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida Paxtakor tumanidagi “Paxtakor plyaj” maskaniga tashrif buyurilib, ushbu hududning tarixi, tashkil etilish maqsadi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish borasida fikrlar bildirildi.